Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Shahodatnoma”ni endilikda elektron shaklda olish mumkin

Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalari(attestat)ni quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin: Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma…

“Shahodatnoma”ni endilikda elektron shaklda olish mumkin

Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalari(attestat)ni quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.

Elektron shahodatnoma (e-shahodatnoma.uz) axborot tizimiga shaxsiy maʼlumotlarini kiritish orqali.

Maʼlumot uchun: 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari Bilim va malakalarni baholash agentligining OTM qabul boʻyicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Mavzuga oid