Shavkat Mirziyoyev: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati negizida Politexnika universitetini tashkil qilamiz”
Shavkat Mirziyoyev: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati negizida Politexnika universitetini tashkil qilamiz” Shavkat Mirziyoyevning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda. “Aholini kasb-hunarga oʻqitishning ham,…
Shavkat Mirziyoyev: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati negizida Politexnika universitetini tashkil qilamiz”
Shavkat Mirziyoyevning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
“Aholini kasb-hunarga oʻqitishning ham, mutlaqo yangi tizimi tashkil etiladi. Bunda, viloyatdagi 60 ta kasb-hunar maktabi va markazlari, monomorkaz oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlaydigan Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Navoiyazot”ga biriktiriladi.
Endi, ushbu korxonalarning rahbarlari va tajribali mutaxassislari:
- viloyatda togʻ-kon, metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari sanoati va ularga bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlar uchun, kadrlar tayyorlash rejalarini belgilaydi;
- kasb-hunarga oʻqitish maskanlarining oʻquv dasturlari va oʻqitish metodikasini – zamonaviy talablar asosida qayta koʻrib chiqadi;
- oʻqish jarayonini ishlab chiqarish bilan bogʻlab, har bir oʻquvchining oʻz mutaxassisligi boʻyicha bevosita korxonalarda amaliyot oʻtashini tashkil etadi.
Viloyatdagi Monomarkazda murakkab uskuna operatori, texnolog, konchi, laborant va yuqori texnologiyalar sohasidagi boshqa yoʻnalishlarga oʻqitiladi.
Bundan tashqari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga koʻmaklashish markazi” tashkil etilib, tadbirkorlar biznes yuritishga oʻrgatiladi.
Umuman, viloyatda kelgusi besh yilda -60 mingga yaqin ishsizlar va yoshlar kasb-hunar va biznes koʻnikmalariga ega boʻladi.
Zarafshon shahrini kengaytiramiz, 30 ming aholi yashaydigan sanoat shaharchasi qilamiz. Buning uchun davlat hisobidan hamma mablagʻni beraman.Navoiy kon-metallurgiya kombinati negizida Politexnika universitetining tashkil qilamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.