Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida…

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Xitoyning har tomonlama strategik sherigi sifatida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib “Makon va yo‘l” tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va mazkur tashabbusning asosiy maqsad va vazifalarini yanada ilgari surishning qat’iy tarafdoridir.

Markaziy Osiyoda “yashil” taraqqiyot sohasidagi maqsadlarga erishish yo‘lida fikr almashish va sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun O‘zbekiston prezidenti 2024 yilda Samarqand xalqaro iqlim forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Prezident kam uglerodli iqtisodiyot va “toza” texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqa mamlakatlarida yuqori ekologik standartlarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonda “Yashil moliyalashtirish” jamg‘armasini ta’sis etishni taklif qildi.

Mavzuga oid