“Sud va yoshlar”
Joriy yilning 1 dekabr kuni Surxondaryo viloyat sudida “Ochiq eshiklar kuni” mavsuzida viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyalari Surxondaryo viloyat Yuridik texnikumi talabalari bilan davra suhbati…
Joriy yilning 1 dekabr kuni Surxondaryo viloyat sudida “Ochiq eshiklar kuni” mavsuzida viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyalari Surxondaryo viloyat Yuridik texnikumi talabalari bilan davra suhbati oʻtkazishdi. Davra suhbatida talabalarga sudlar faoliyati, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Oʻtkazilgan davra suhbati davomida viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Z.Tojiyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi, oʻtgan yillarda Konstitutsiyagsha kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, kiritish tartibi, unda belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari va boshqa jihatlarga toʻxtalib, har bir xonadonda Konstitutsiya boʻlishi lozimligi va yoshlar uni normalarini bilishi hamda ularga qatʼiy amal qilishi lozimligini taʼqidladi.
Bundan tashqari, sudlov hayʼati sudyasi Z.Tojiyev davra suhbati davomida “Korruptsiya – jamiyat kushandasi” mavzusiga toʻxtalib, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora koʻp qoʻllanilayotgan atamalardan biri bu korruptsiya ekanligi, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korruptsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinayotganligi, chunki poraxoʻrlik – hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obroʻsiga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri hisoblanishi, korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirishi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishini, korruptsiya fuqaroning davlat vakili bilan maʼmuriy munosabatlari maʼno-mohiyatini oʻzgartirishi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab boʻlishligini bildirdi.
Shundan soʻng, seminar mashgʻulotida sudlov hayʼati sudyasi X.Xakimov soʻzga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari va fuqarolarning huquq erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi mazmun-mohiyatini tushuntirib oʻtdi.
Kelgusida mazkur “Sud va yoshlar” uchrashuvi doimiy ravishda oʻtkazilib borilishi, oʻquvchilar eʼtiboriga yetkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilash hamda oʻqituvchi hamda oʻquvchilar tomonidan ushbu masala yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Asqar Qudratov
Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi bosh konsultanti