Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Sunʼiy intellektning feyk maʼlumot hamda dezinformatsiyalar tarqatilishida ijobiy va salbiy jihatlari

“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” qoʻshma oʻquv-seminarining uchinchi ish kunida tashkil etilgan media-treningda “Zamonaviy media makonda axborot uzatishda sunʼiy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar…

Sunʼiy intellektning feyk maʼlumot hamda dezinformatsiyalar tarqatilishida ijobiy va salbiy jihatlari

“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” qoʻshma oʻquv-seminarining uchinchi ish kunida tashkil etilgan media-treningda “Zamonaviy media makonda axborot uzatishda sunʼiy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar platformalaridagi yangi imkoniyatlar” toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Sayyora Ibragimova sunʼiy intellekt haqida umumiy tushunchalarni asoslab, jahonda va Oʻzbekistonda sunʼiy intellektdan foydalanish darajalari qiyosiy tahlillarda koʻrsatib berdi. Shuningdek, Axborot xizmatlari ishini yengillatadigan, foydali ilovalarni tavsiya qildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Fazliddin Anvarov mamlakatimizda axborot vositalarida sunʼiy intellektning roli yuzasidan maʼlumot berdi.

Xususan, sunʼiy intellektning rivojlanish bosqichlari, ushbu sohadagi innovatsion loyihalar, yangiliklar, “President Tech Award”, axborot tarqatishda SIning afzalliklari,  tahdidlari, sunʼiy intellekt taraqqiyotida OAV kelajagi boshqa ahamiyatli masalalar boʻyicha gapirib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti Taʼlim va akkreditatsiya boʻlimi mudiri Islom Elhadariy sunʼiy intellekt yordamida yaratilayotgan dipfeyklar, soxta tasvirlar, xabarlar, global axborot maydonida feyknyuslar oqimida sunʼiy intellekt taʼsiri haqida taqdimot qildi.

Sunʼiy intellekt yordamida kontent yaratish boʻyicha amaliy misollar keltirib, yolgʻon xabarlarni farqlashga koʻmaklashadigan ilovalar bilan tanishtirdi. Qoʻshma-seminar oʻzaro muloqot va savol-javoblar bilan samarali boʻlib oʻtdi.

Mavzuga oid