Surxondaryo viloyat sudi raisi boʻlajak huquqshunos talabalar bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyat sudi raisi A.Ruziqulov joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Termiz filialiga tashrif buyurib, universitet talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda “9 dekabr – Xalqaro…
Surxondaryo viloyat sudi raisi A.Ruziqulov joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Termiz filialiga tashrif buyurib, universitet talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda “9 dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash” kuni va 2021 yilning 22 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida faol harakatlar kompaniyasiga start berilganligi mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
Viloyat sudi raisi A.Ruziqulov talablarga bugungi kunda jamiyat hayotida muammolarni hal etishda rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur oʻrganish, milliyligimiz va mentalitetimizga mos keladigan usullarni targʻib etish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkinligi, Prezident Sh.Mirziyoyevning shaxsan tashabbusi ostida huquqni muxofaza qiluvchi organlardagi korruptsion jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar dunyoning rivojlangan davlatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 03.01.2017 yildagi qonuni mazkur sohadagi faoliyatni bevosita tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanib, Qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, ushbu Qonun qabul qilinganidan soʻng respublikada korruptsiyaga qarshi kurashishning yangi davri boshlanganligi, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga koʻra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkinligini haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, viloyat sudi raisi A.Ruziqulov talablarga Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar va shu sohaga oid qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilanganligi, shu kabi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini taʼminlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish boʻyicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uygʻunlashtirish bilan shugʻullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil qilinganligi, bundan tashqari mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zoʻravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil etilganligi, ayni shu chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida joriy yilning 22 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida faol harakatlar kompaniyasiga start berilishi kelgusida oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni qoʻzgʻata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini taʼminlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yoʻlga qoʻyishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish sabablarini oʻrganish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini taʼminlash, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash orqali qaror toptirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish kabi ustuvor yoʻnalishlarning amalga oshishiga hissa qoʻshishligini taʼkidlab oʻtdilar.
Ablqosim Ruziqulov
Surxondaryo viloyat sudi raisi
Asqar Qudratov
Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi bosh konsultanti