Surxondaryo viloyatida 696 ta xonadon ilk bor toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda tegishli tashkilot va idoralar hamkorligida tasdiqlangan yoʻl xaritasi doirasida “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ tomonidan viloyat boʻyicha jami 16,7 km suv quvurlari tortish rejalashtirilgan boʻlib,…
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda tegishli tashkilot va idoralar hamkorligida tasdiqlangan yoʻl xaritasi doirasida “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ tomonidan viloyat boʻyicha jami 16,7 km suv quvurlari tortish rejalashtirilgan boʻlib, shundan joylarda 7,45 km ichimlik suv quvurlari tortildi. Olib borilgan saʼy-harakatlar samarasida 696 ta xonadon va 1 ta maktab (!) ilk bor ichimlik suv taʼminoti bilan taʼminlandi.
-Yaqinda “Obod yurt” mahallasiga ichimlik suvi uchun plastmas quvurlar oʻtkazildi,––deydi mahalla raisi Mamatmoʻmin Xoʻjamiyorov.––Aholi har kungi isteʼmol uchun suvni tashib keltiradigan avtomashinalardan olishar edi. Obod yurt mahallasida yashovchi kam taʼminlangan xonadonlarga 1 km uzunlikdagi plastik quvurlarni tortish orqali 92 ta xonadonimiz ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi ayni muddao boʻldi. Endilikda bu quvurlardan doimiy ravishda toza suv uzatilayotgani ham roʻzgʻor ehtiyojini bemalol qoplayotgani bizga, mahalla ahliga maʼqul boʻlmoqda. Keksalarimiz mahallaga suv keltirishda jonbozlik koʻrsatgan barchani duo qilishayotir.
✔️ Shuningdek, ichimlik suv taʼminoti inshootlariga rejalashtirilgan 22 ta yangi suv nasoslari toʻliq oʻrnatilib, 1 dona transformator taʼmirlanishi natijasida 6 952 ta xonadon va 1 ta nogironlar uyining ichimlik suv taʼminoti yaxshilanishiga erishildi.
? Yoʻl xaritasida belgilangan masalalar ijrosi doirasida qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilgach, viloyatda 1100 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi belgilangan.
? Hozirda Termiz shahar oqova suv tozalash inshootini rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun Surxondaryo viloyat hokimining
tegishli farmoyishiga asosan 1,3 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.