Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Tadbirkorlar diqqatiga: Yevropa Oʻzbekistonga bergan imtiyozini 2027-yilgacha uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqiga tovarlarni bojsiz yetkazib berish boʻyicha GSP+ imtiyozlar tizimidan foydalanish muddatini yana toʻrt yilga, 2027-yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Yevropa…

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqiga tovarlarni bojsiz yetkazib berish boʻyicha GSP+ imtiyozlar tizimidan foydalanish muddatini yana toʻrt yilga, 2027-yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 10-apreldan boshlab Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqiga tovarlarni bojsiz yetkazib berish boʻyicha GSP+ imtiyozlar tizimiga kirish huquqini olgan. Bu esa Oʻzbekiston kompaniyalariga qariyb 6,2 ming turdagi tovarlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bojsiz eksport qilish imkonini bergan.
“Yevropa Ittifoqi YEIning umumiy imtiyozlar tizimi Plus (GSP+)ni keyingi toʻrt yilga 2027-yil 31-dekabrgacha uzaytirishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga imtiyozli mahsulotlar, jumladan, toʻqimachilik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 2020-yilga nisbatan ikki baravarga oshib, 647 million dollarga yetgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilda 15,7 foizga oshib, 4,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Mavzuga oid