Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Tadqiqot: Odamlar yangiliklarga qiziqishni yoʻqotmoqda

Dunyo boʻylab odamlar yangiliklarni tomosha qilishdan zerikish va tushkunlikdan tobora koʻproq shikoyat qilmoqda. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunga pandemiya, Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar sabab boʻlishi mumkin. Dunyo boʻylab…

Tadqiqot: Odamlar yangiliklarga qiziqishni yoʻqotmoqda

Dunyo boʻylab odamlar yangiliklarni tomosha qilishdan zerikish va tushkunlikdan tobora koʻproq shikoyat qilmoqda. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunga pandemiya, Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar sabab boʻlishi mumkin.

Dunyo boʻylab tobora koʻproq odamlar yangiliklar bilan tanishishdan voz kechib, zerikish va tushkunlikdan shikoyat qilmoqda. Bu haqda dushanba, 17 iyun kuni eʼlon qilingan Oksford universiteti Jurnalistikani oʻrganish Reyter instituti (Reuters Institute for the Study of Journalism)ning Digital News Report 2024 hisobotida aytilgan.

Yanvar-fevral oylarida 47 ta davlatda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, respondentlarning oʻn nafardan toʻrt nafari (39 foiz) yangiliklarni tomosha qilishdan tiyilishini bildirgan. Bu 2017 yilga nisbatan 10 foizga koʻpdir. Tadqiqot mualliflariga koʻra, odamlarning yangiliklar kun tartibidan uzoqlashish istagi Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Hisobotda aytilishicha, odamlarning yangiliklardan qochish istagi eng yuqori darajaga yetgan. Bir qator mamlakatlarda, jumladan, AQShda saylov jarayonlari yangiliklarga qiziqishni oshirdi, biroq umumiy pasayish tendentsiyasi barqarorligicha qolmoqda. 2017 yildan buyon dunyo miqyosida yangiliklarni juda yaqindan kuzatib boruvchi odamlar ulushi 63 foizdan 47 foizga kamaydi. Britaniyada 2015 yildan beri yangiliklarga qiziqish deyarli ikki barobar kamaydi.

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlarni afzal koʻryapti

«Shubhasiz, soʻnggi yillarda yangiliklar kun tartibi ayniqsa murakkablashdi. Pandemiya boʻldi, urushlar, shuning uchun odamlar ruhiy sogʻligʻini himoya qilish uchunmi yoki shunchaki oʻz hayotini davom ettirish uchunmi, yangilikdan bosh tortishi juda tabiiy reaktsiya», dedi VVS media-kompaniyasiga bergan intervyusida hisobot mualliflaridan biri Nik Nyuman.

Soʻnggi oʻn yil ichida televideniye va bosma nashrlar kabi anʼanaviy axborot manbalarining auditoriyasi keskin kamaydi. Yoshlar yangiliklarni internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bilishni afzal koʻradi. Britaniyada soʻralganlarning deyarli toʻrtdan uch qismi (73 foiz) yangiliklarni onlayn, 50 foizi televideniye va atigi 14 foizi bosma ommaviy axborot vositalaridan olishini aytdi.

TikTok mashhurligi

Soʻnggi paytlarda mashhurligi pasayib borayotgan boʻlsa-da, yangiliklar uchun eng muhim ijtimoiy platforma Facebook boʻlib qolmoqda. YouTube va WhatsApp ham muhim yangiliklar manbalari boʻlib turibdi. TikTok mashhurligi esa oʻsib bormoqda va ommaboplik boʻyicha birinchi marta X (sobiq Twitter)ni ortda qoldirdi. Dunyo boʻylab 18-24 yoshlilar orasida TikTok koʻrsatkichi bundan ham yuqori – 23 foiz.

Hisobot mualliflari qayd etishicha, video-format internetda, ayniqsa, yoshlar orasida tobora muhim yangiliklar manbasiga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, yangiliklar qisqa videolari tobora jozibali koʻrinyapti – TikTok ham shunday yoʻnalishni afzal koʻradi.

«Foydalanuvchilar videoni tanlaydi, chunki undan foydalanish oson hamda tegishli va qiziqarli kontentning keng doirasini taqdim etadi», deb tushuntirdi Nik Nyuman.

Mavzuga oid