Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Tarixda birinchi marta ayol kishi Meksika prezidenti boʻlmoqda

Meksikada yakshanba kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Mexiko shahrining sobiq meri va amaldagi prezident tarafdori Klaudiya Sheynbaum gʻalaba qozondi. Bu haqda BBC News xabar berdi. Tarixda birinchi marta ayol kishi…

Tarixda birinchi marta ayol kishi Meksika prezidenti boʻlmoqda

Meksikada yakshanba kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Mexiko shahrining sobiq meri va amaldagi prezident tarafdori Klaudiya Sheynbaum gʻalaba qozondi. Bu haqda BBC News xabar berdi. 

Tarixda birinchi marta ayol kishi Meksika prezidenti boʻlmoqda.

Dastlabki natijalarga koʻra, saylovchilarning 56 foizi Klaudiya Sheynbaumga, 30 foizi esa uning asosiy raqibi senator Xochitl Galvesga ovoz bergan.

61 yoshli Klaudiya Sheynbaum amaldagi prezident Lopes Obradorning hukmron partiyasi vakili hisoblanadi. Lopes Obradorning oʻzi, konstitutsiyaga koʻra, ikkinchi muddatga nomzodini qoʻya olmaydi va shuning uchun u Sheinbaumni qoʻllab-quvvatladi.

Sheinbaum Mexiko shahrida yahudiy oilasida oʻsgan va fizik olim sifatida shuhrat qozongan. 2007 yilda Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo komissiya aʼzosi sifatida Tinchlik boʻyicha kollektiv Nobel mukofotini olgan.

2000 yilda oʻsha paytdagi Mexiko shahri meeri Lopes Obrador Sheinbaumni poytaxt atrof-muhit masalalari boʻyicha kotib etib tayinlagan, 2018 yilda esa prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan Obradorning oʻrniga mer etib tayinlangan.

Mavzuga oid