Tojikiston Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qayta ulandi
Markaziy Osiyoning yagona energetika halqasi mintaqa mamlakatlari aholisi uchun hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan global miqyosdagi strategik obʼekt deb ataladi Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlarining yagona energetika tizimiga…
Markaziy Osiyoning yagona energetika halqasi mintaqa mamlakatlari aholisi uchun hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan global miqyosdagi strategik obʼekt deb ataladi
Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlarining yagona energetika tizimiga qayta ulandi. Bu haqda respublika energetika va suv xoʻjaligi vaziri Daler Juma maʼlum qildi.
“Ushbu oyning boshida foydalanishga topshirildi, bu bizga [elektr energiyasi] oʻzaro manfaatli oqimlaridan toʻliq foydalanish imkonini beradi, shu bilan birga, mintaqa energetika tizimining ishonchliligini mustahkamlaydi”, — dedi u.
Energetika vazirligi rahbari mamlakatning qaysi qismida aloqa tugallanganiga aniqlik kiritmadi.