Tojikistonlik 32 yoshli fuqaro onasini 136 marta pichoq urib oʻldirdi (video)
Tojikistonning Konibodom shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro oʻz onasiga 136 marotaba pichoq urib uni oʻta shafqatsizlarcha oʻldirganlikda ayblanib, qoʻlga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. Tojikiston…
Tojikistonning Konibodom shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro oʻz onasiga 136 marotaba pichoq urib uni oʻta shafqatsizlarcha oʻldirganlikda ayblanib, qoʻlga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tojikiston IIVning Soʻgʻd viloyati boʻyicha matbuot kotibining maʼlum qilishicha, qoʻlga olingan Shahriyor Normatov va uning 65 yoshli onasi Halimajon Normatova oʻrtasida joriy yilning 24 noyabr kuni janjal kelib chiqqan.
Tergovda qayd etilishicha, Normatov ayolga 136 marotaba pichoq urib oʻldirgan hamda jinoyat izlarini yashirish maqsadida ayolning qonli kiyimini almashtirib, xonasiga olib borib, yotqizib, poldagi qonni yuvib, qotillik sodir etishda foydalangan pichoqni tozalagan.
Ona va oʻgʻil oʻrtasidagi mojaro sabablari maʼlum qilinmayapti, Shaxriyor Normatovning oʻzi tergov tadbirlari davomida onasi qanday vafot etgani haqida batafsil gapirib berdi.
“U pichoqni qoʻliga olib, meni urishmoqchi boʻlib oldimga keldi. Lekin men uning qoʻlidan pichoqni olib qoʻydim va bir marotaba yuziga urdim. Keyin qorniga, qoʻllariga, boʻyniga, boshiga urdim. Keyin u yiqildi va vafot etdi. Ertasi kuni Normatov qarindoshlariga onasining kutilmaganda vafot etgani haqida xabar bergan, biroq ayolning qarindoshlaridan birining soʻzlariga koʻra, uning boʻynida pichoq jarohatlari izlarini koʻrib, ular “kutilmagan va toʻsatdan oʻlim” haqidagi versiyaga ishonishmagan”, – deydi jinoyachi.
Maʼlum boʻlishicha, ruhiy kasallikdan aziyat chekkan va 1993 yildan beri mahalliy ruhiy shifoxonada roʻyxatga olingani qayd etilgan.
Shaxriyor Normatovga nisbatan Tojikiston respublikasi JKning 104-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Oʻta shafqatsizlik bilan qotillik qilgani uchun uni 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda.