Turkiya 2024 yil oxirigacha inflyatsiyani ikki barobarga pasaytirmoqchi
Turkiya hukumati 2024 yil oxirigacha inflyatsiyani 34 foizga tushirish niyatida, bu joriy yil uchun kutilgan koʻrsatkichlarning deyarli yarmini tashkil etadi. Bu haqda Turkiya Moliya vazirligi rahbari Mehmet Shimshek “TRT Haber”…
Turkiya hukumati 2024 yil oxirigacha inflyatsiyani 34 foizga tushirish niyatida, bu joriy yil uchun kutilgan koʻrsatkichlarning deyarli yarmini tashkil etadi. Bu haqda Turkiya Moliya vazirligi rahbari Mehmet Shimshek “TRT Haber” telekanalida maʼlum qildi.
Turkiya Markaziy banki avvalroq inflyatsiyani 2023 yil oxirigacha 65 foiz darajasida rejalashtirayotganini eʼlon qilgan edi. Shu bilan birga, regulyator tomonidan noyabr oyida oʻtkazilgan soʻrov ishtirokchilari yil oxiriga qadar Turkiyada inflyatsiya darajasi 67,23 foizga yetishi kutilayotganini bildirgan.
“Oʻrta muddatli iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash asosiy maqsadlarimizdan biridir. Maqsadimiz joriy yil oxirida inflyatsiyani nazorat ostiga olish, keyingi yil oxirigacha uni 34 foizga tushirish va keyingi yillarda bir xonali koʻrsatkichga tushirishdir”, deydi vazir.
Bugun, 30 noyabr kuni Milliy Statistika Instituti tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Turkiyaning ushbu davrdagi iqtisodiy oʻsishi 5,9 foizni tashkil etgan. Mutaxassislar Turkiya iqtisodiyotining oʻtgan chorakda 5,6 foiz oʻsishini kutgan edi.
Rasmiylar Turkiyada yil oxirigacha iqtisodiy oʻsishni 4,5% ni prognoz qilmoqda. Mustaqil ekspertlarning fikricha, oʻsish 4,1% boʻladi.