Turkiya va Suriyadagi zilzila tufayli 850 mingdan ortiq bola uysiz qoldi
Turkiya janubida va Suriyada sodir boʻlgan ikki zilziladan bir oy oʻtib, 850 mingdan ortiq bola doimiy uy-joysiz qoldi, deya xabar bermoqda BMT axborot markazi. YuNISEF Bolalar jamgʻarmasi mintaqadagi bolalar va oilalar uchun…
Turkiya janubida va Suriyada sodir boʻlgan ikki zilziladan bir oy oʻtib, 850 mingdan ortiq bola doimiy uy-joysiz qoldi, deya xabar bermoqda BMT axborot markazi.
YuNISEF Bolalar jamgʻarmasi mintaqadagi bolalar va oilalar uchun zilzila oqibatlari achinarli boʻlganini taʼkidladi. Yuz minglab odamlar nochor ahvolda qolgan. Koʻp oilalar vaqtinchalik boshpanalarda yashaydi.
Birgina Turkiyaning oʻzida jabrlangan hududlarda 1,9 milliondan ortiq kishi tegishli sanitariya sharoitlari, suv taʼminoti va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlmagan turli xil boshpanalarga joylashtirilgan. Mamlakatda 2,5 million bola shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj.
«Toʻrt hafta davomida zilzilalar tufayli uylarini tark etishga majbur boʻlgan oilalar omon qolishga harakat qilishdi. Yerosti silkinishlari davom etar ekan, ular dahshatga tushishdi», – dedi YuNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Afshan Xon.