Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Vatan taqdiriga barchamiz daxldormiz

Konstitutsiya – davlat va xalq taqdirini belgilab beradigan eng muhim qonun hujjatidir. Shu sababli bugun yurtimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatini, unda oʻz aksini topayotgan yangiliklar va…

Vatan taqdiriga barchamiz daxldormiz

Konstitutsiya – davlat va xalq taqdirini belgilab beradigan eng muhim qonun hujjatidir. Shu sababli bugun  yurtimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatini, unda oʻz aksini topayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni aholiga keng tushuntirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bugunga qadar 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Eng quvonarlisi shundaki, ularning 60 foizidan ortigʻI bevosita yoshlar tomonidan berilgan. Shu bois, yangi tahrirdagi asosiy qonunimizni hech ikkilanmasdan umumxalq Konstitutsiya yoki xalqchil Konstitutsiya deyishimiz mumkin.  Bosh Qomusda yoshlar masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki mamalakatimiz aholisining 18 milliondan ziyodini yoshlari tashkil etadi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning XIV bobi «Oila, bolalar va yoshlar», deb ataladi.

Mazkur bobning 79-moddasi bevosita yoshlarga bogʻliq boʻlib, unda «Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatlardan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻliqni saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishiga, bandlik hamda dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi», deyiladi. Bu esa yoshlarimizga ragʻbat berish barobarida, hayotda oʻz  salohiyatini toʻlaqonli namoyon etishiga imkoniyat yaratadi. Shu jihatni ochiq aytish kerakki, soʻngi oʻn yilda yoshlarning davlat granti asosida bepul taʼlim olishi ancha kamaygan edi. Ayni paytda davlat granti  asosidagi kvotalar soni ikki barobar koʻpayib, 40 mingga yetkazildi. Buning natijasida yoshlarda bilim olishga qiziqish va ishtiyoq oshdi.

Oliy Majlis palatalari shu yilning 30 aprel kuni «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi»  qonun loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu esa, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqeadir. Shu bois, u barchamizdan, ayniqsa, yoshlardan faollik v a uyushqoqlikni talab etadi. Ushbu jarayonda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari ham kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi boʻlishi maqsadga muvofiq.

Konstitutsiyaviy islohotlar zamirida xalqimiz manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida yangi davrni boshlab berishda «Inson-jamiyat-davlat» tamoyili aks etgan maqsadlarimizni amalga oshirishda mustahkam va oʻzgarmas huquqiy asos boʻladi, albatta.

Shu jihatdan  yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakatimizning, yurtimiz hamda xalqimizning ertangi faravon hayoti uchun ishonchli kafolat boʻladi, desak,mubolagʻa boʻlmaydi.

Gulnoza Abdukaxarova
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Pediatriya fakulteti dekan oʻrinbosari

Mavzuga oid