Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Xabardormisiz?

✅ Prezidentimizning 2021 yil 24 avgustdagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 5231-sonli qarori bilan 2022 yil 1 yanvardan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini qoplash…

✅ Prezidentimizning 2021 yil 24 avgustdagi “Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 5231-sonli qarori bilan 2022 yil 1 yanvardan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan murojaat qilishning majburiy talabi bekor qilindi.

✅Endilikda soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini qaytarib olish uchun QQS hisobotini taqdim qilish jarayonida mazkur summani koʻrsatib oʻtish orqali soliq organlarini xabardor qiladi.

✅Maʼlumot uchun 2021 yilda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 1010 ta tadbirkorlik subektlariga QQSdan 264,3 milliard soʻm miqdoridagi salbiy farq summalari qoplab berildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Mavzuga oid