Xitoyda davlat xizmatchilarining iPhone va Samsung smartfonlaridan foydalanishi taqiqlandi
Xitoydagi davlat kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning sakkiz provintsiyasidagi Xitoy hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tashkilotlar oʻz xodimlarining ish joyida Apple va boshqa xorijiy qurilmalardan foydalanishini…
Xitoydagi davlat kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning sakkiz provintsiyasidagi Xitoy hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tashkilotlar oʻz xodimlarining ish joyida Apple va boshqa xorijiy qurilmalardan foydalanishini taqiqladi.Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, taqiq, xususan, iPhone va Samsung smartfonlaridan foydalanishga kiritilgan.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, tashkilotlar xodimlarga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning uskunalaridan foydalanishni tavsiya qilgan.