Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Xitoyda kuchli zilzila sodir boʻldi, 100dan ortiq odam halok boʻldi Xitoyning markaziy qismida sodir boʻlgan zilzila oqibatida kamida 116 kishi halok boʻldi. Bunday maʼlumotlar 19 dekabr, seshanba kuni…

Xitoyda kuchli zilzila sodir boʻldi, 100dan ortiq odam halok boʻldi Xitoyning markaziy qismida sodir boʻlgan zilzila oqibatida kamida 116 kishi halok boʻldi. Bunday maʼlumotlar 19 dekabr, seshanba kuni “Sinxua” agentligi va…

Xitoyda kuchli zilzila sodir boʻldi, 100dan ortiq odam halok boʻldi Xitoyning markaziy qismida sodir boʻlgan zilzila oqibatida kamida 116 kishi halok boʻldi. Bunday maʼlumotlar 19 dekabr, seshanba kuni…

Xitoyda kuchli zilzila sodir boʻldi, 100dan ortiq odam halok boʻldi

Xitoyning markaziy qismida sodir boʻlgan zilzila oqibatida kamida 116 kishi halok boʻldi. Bunday maʼlumotlar 19 dekabr, seshanba kuni “Sinxua” agentligi va mamlakat markaziy televideniyesi tomonidan maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, 300 dan ortiq odam tan jarohati oldi – Gansuda 186 va Tsinxayda kamida 140 kishi, deya xabar beradi rasmiy OAV. Ularning soʻzlariga koʻra, ofat zonasida suv taʼminoti uzilgan, elektr uzatish liniyalari, shuningdek, transport infratuzilmasi obʼektlari shikastlangan. Birgina Gansu provintsiyasida 4782 uy zarar koʻrgan, deydi mahalliy rasmiylar.

Rasmiylar jabrlangan hududlarga chodirlar, yigʻma karavotlar va koʻrpa-toʻshaklar yuborishni buyurgan. Xitoy rahbari Si Tszinpin qurbonlar sonini kamaytirish uchun keng koʻlamli qidiruv amaliyotini oʻtkazishga chaqirdi.
Zilzila epitsentri Gansu provintsiyasida, Sinxay bilan maʼmuriy chegaradan 5 kilometr uzoqlikda boʻlgan, deya taʼkidladi Sinxua. Xitoy maʼlumotlariga koʻra, zilzila magnitudasi 6,2 ballni tashkil qilgan. Shu bilan birga, AQSh Geologiya xizmati bu koʻrsatkichni 5,9 deb baholamoqda.

Xitoyda soʻnggi yillardagi eng vayronkor zilzilalardan biri 2008 yilning may oyida Sichuan provintsiyasida sodir boʻlgan. Oʻshanda 87 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Mavzuga oid