Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Xitoyliklar sichqonlarda halokatli virusni sinab koʻrdi

Xitoyliklar halokatli virusni sichqonlarda sinab koʻrdi. Virus hayaonlarning suyaklari, oʻpkalari, traxeyalari, koʻzlari va miyalariga taʼsir qilgan va oʻlimdan oldin koʻzlar butunlay oqarib ketgan. Xitoylik olimlar mutatsiyaga…

Xitoyliklar sichqonlarda halokatli virusni sinab koʻrdi

Xitoyliklar halokatli virusni sichqonlarda sinab koʻrdi. Virus hayaonlarning suyaklari, oʻpkalari, traxeyalari, koʻzlari va miyalariga taʼsir qilgan va oʻlimdan oldin koʻzlar butunlay oqarib ketgan.
Xitoylik olimlar mutatsiyaga uchragan COVID-19 shtammi bilan tajriba oʻtkazmoqda, bu sichqonlar uchun 100% halokatli.
Bu haqda oʻtgan hafta Pekinda chop etilgan tadqiqotga tayanib nypost.com xabar bermoqda.

GX_P2V nomili halokatli virus odamlarga oʻxshash genetik tarkibni aks ettirilgan sichqonlarning miyasiga hujum qildi.
Virus bilan kasallangan barcha sichqonlar sakkiz kun ichida vafot etdi, tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, bu “ajoyib” tez oʻlim darajasi.
GX_P2V hayvonlarning oʻpkalari, suyaklari, koʻzlari, traxeya va miyasiga taʼsir qilgan va oʻlimdan bir necha kun oldin kemiruvchilar tezda vazn yoʻqotishib, egilib, juda sust harakat qilishgan.

Eng yomoni, oʻlimdan bir kun oldin ularning koʻzlari butunlay oqarib ketgan.
Olimlarning yozishicha, ushbu sinov COVID-19 bilan bogʻliq virus bilan kasallangan sichqonlarning 100% oʻlim darajasi boʻyicha, ilgari oʻtkazilgan boshqa tadqiqotdan ancha ustundir.
London Universitet kolleji genetika institutining epidemiologiya mutaxassisi Fransua Balloux tadqiqotni “dahshatli” va “ilmiy nuqtai nazardan mutlaqo maʼnosiz” deb atadi.

2024 yilgi tadqiqotning COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq laboratoriya kelib chiqishi nazariyalari markazi boʻlgan Xitoyning Vuxan virusologiya instituti bilan aloqasi yoʻq koʻrinadi. Yozda AQSh razvedka agentliklari koronavirus laboratoriyadan sizib chiqqani haqida hech qanday toʻgʻridan-toʻgʻri dalil topmadilar, ammo ular virusning boshqa laboratoriyadan chiqqan boʻlishi mumkinligini istisno qilmaganlar.

Eslatib oʻtamiz, JSST ekpertlari koronavirusdan 20 barobar xavfliroq “X” kasalligiga tayyor boʻlish zarurligini taʼkidlashgan edi.

Mavzuga oid