Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yangi konstitutsiya xalqimiz orzu-umidlari roʻyobi

Amaldagi Konstitutsiya mustaqil davlatni shakllantirishda, uni dunyo tan olishida oʻzining tarixiy missiyasini bajardi. Endilikda davlatni emas, insonni, uning huquqlarini kafolatini taʼminlash ishlarini oliy maqsadga aylangani…

Yangi konstitutsiya xalqimiz orzu-umidlari roʻyobi

Amaldagi Konstitutsiya mustaqil davlatni shakllantirishda, uni dunyo tan olishida oʻzining tarixiy missiyasini bajardi. Endilikda davlatni emas, insonni, uning huquqlarini kafolatini taʼminlash ishlarini oliy maqsadga aylangani bois Konstitutsiyani isloh qilish, yangilash zaruriyati tugʻilmoqda..
Konstitutsiyamizga shu vaqtga qadar kiritilgan oʻzgarishlar insonni emas, asosan davlat manfaati bilan bogʻliq boʻlganini koʻrish mumkin. Yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda «inson-jamiyat-davlat» tamoyiliga amal qilingan holda, asosiy eʼtibor insonni, uning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Xalqimiz eʼtiboriga havola etilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida muhim dasturiy maqsadlarimiz roʻyobini taʼminlashga xizmat qiladi.
Hayotiy voqeyliklarni tahlil qiladigan boʻlsak, keying yillardagi xalqparvar siyosat aynan ijtimoiy davlat poydevorini yaratishga, uning rivojlanish kafolatini mustahkamlashga xizmat qilganiga guvoh boʻlish mumkin. Xususan, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib yashash ehtiyojiga mos boʻlishi kafolatlanyapti. Rosti, odamlarmiz buni juda uzoq kutgan edi. Davlat fuqarolarini ishsizlikdan himoya qilishi, kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrishishi ham ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish davlat siyosatida ustuvorlik kasb etayotganini koʻrsatadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatning teng huquqli aʼzosi boʻlishiga hamda bepul tibbiy xizmatning kafolatlash bilan bogʻliq normalar soni bir necha barobarga koʻpayganini alohida taʼkidlash joiz.
Umumuan aytganja yangilanayotgan Konstitutsiyada kuchli ijtimoiy himoya tizimi takomillashtirilib, uni izchil davom etirish qonuniy asosda mustahkkamlanayotir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati institulari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlanishi kuchaytirilyapti. Xususan, Bosh qomusimizda alohida «Fuqarolik jamiyati institutlari» bobi qoʻshilyapti.
Konstitutsiyaning 69-moddasida fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi hamda ularning faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirilishi belgilab qoʻyilmoqda.
Fuqarolar zarur paytlarda sifatli tibbiy xizmat uchun davlatga suyana olishi esa alohida ahamiyatga molik. Shu sababli, Konstitutsiyada fuqarolar davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olishga haqli ekanligi belgilanmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasida «Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilanmoqda. Bu esa juda muhim ijtimoiy kafolatdir. Chunki aholi ayrim qatlamlarining pulli asosda yoki xususiy shifoxanalar xizmatidan foydalanishga imkoniyati yetmasligi mumkin. Ana shunday vaziyatda davlat oʻz fuqarosini kafolatlangan tibbiy xizmat bilan taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olishi kerak.
Oliy Majlis palatalari shu yilning 30 aprel kuni «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi» qonun loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu esa, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqeadir. Shu bois, u barchamizdan, yoshlardan faollik va uyushqoqlikni talab etadi. Zero, yangilanayotgan Konstitutsiya xalmiz orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Furqat Otamuradov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori

Mavzuga oid