Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

YIL OXIRIGAChA AHOLINING KATTA QISMI KORONAVIRUSGA QARShI EMLANADI

Bugun Xalqaro media xollda boʻlib oʻtgan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Behzod MUSAYeV keyingi besh yilda mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda,…

Bugun Xalqaro media xollda boʻlib oʻtgan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Behzod MUSAYeV keyingi besh yilda mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda, koronavirusga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

— Koronavirusga qarshi kurashishning birdan bir oqilona yoʻli aholini emlash, — dedi B.MUSAYeV. — Buni fuqarolarimiz ham anglab yetmoqda. Hozir qaysi poliklinikaga bormang, bir necha turdagi vaktsinaning istalgani bilan bepul emlanishingiz mumkin. Mamlakatimizda ixtiyoriy ravishda vaktsina oladigan 12 yoshdan yuqori bolalardan tashqari, 21 milliondan ziyod yurtdoshimiz emlanishi koʻzda tutilgan. Hozirgacha shulardan 60 foizi vaktsinaning birinchi dozasini oldi. Yil yakunigacha vaktsina oluvchi aholi qatlamining 80 foizgacha qismini emlash bilan qamrab olishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu dunyo davlatlari oʻrtasida yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Mavzuga oid