Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq

Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarda muntazam tarzda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tuman soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.

Unda shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Soliq xodimlari orasida kuzatilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, har bir xodim ichki mehnat tartibi va odob-ahloq qoidalariga rioya etishi shartligi yuzasidan yana bir bor ogohlantirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan