Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Mask Cybertruck’ni yetkazib berish boshlanganini maʼlum qildi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla Cybertruck elektromobilini yetkazib berish boshlanganini eʼlon qildi. Uning ilk xaridorlari noodatiy elektromobil egalik qilish uchun, taqdimotdan soʻng toʻrt yil kutdi. Bu haqda “3DNews”…

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla Cybertruck elektromobilini yetkazib berish boshlanganini eʼlon qildi. Uning ilk xaridorlari noodatiy elektromobil egalik qilish uchun, taqdimotdan soʻng toʻrt yil kutdi. Bu haqda “3DNews” xabar berdi.

Nashrga koʻra, uchta motor bilan “qurollangan” Cybertruck 2,6 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, toʻliq quvvatda 550 km masofani bosadi. Maksimal tezligi esa 210 km/s. Ushbu toʻliq modifikatsiya narxi 99990 dollarni tashkil qiladi, orqa gʻildiraklari tortadigan standart model 60990 dollarga sotiladi.
Maʼlumot oʻrnida, elektromobil zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan boʻlib, korroziyaga uchramaydi.

Cybertruck juda chidamli – elektromobil oʻq oʻtkazmaydigan kuzovdan yasalgan, uning eshiklari avtomat oʻqlariga bardoshli.
“Poʻlat tulpor”ni yetkazib berishi boshlanganiga qaramay, hali elektromobilni ommaviy sotish yoʻlga qoʻyilmagan. Cybertruck’ning erkin savdosi yangi yildan boshlanishi aytilmoqda.

Mavzuga oid