Rossiyalik olim umrni uzaytiruvchi mahsulotlarni aytdi
Rossiyalik olim Mixail Ginzburg yoshlikni uzaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida maʼlumot berdi. Ginzburgning taʼkidlashicha, rasionimizda albattaЈ KOʻK ChOY boʻlishi lozim. Ushbu mahsulot qarish jarayonini sekinlashtirish,…
Rossiyalik olim Mixail Ginzburg yoshlikni uzaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida maʼlumot berdi.
Ginzburgning taʼkidlashicha, rasionimizda albattaЈ KOʻK ChOY boʻlishi lozim. Ushbu mahsulot qarish jarayonini sekinlashtirish, organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Shu boisdan kuniga ikki-uch finjondan koʻk choy ichish tavsiya qilinadi.
Yoshartiruvchi mahsulotlar roʻyxatiga shuningdek, ZAYTUN YoGʻI, ZIGʻIR URUGʻI va BALIQ ham kiradi. Bu mahsulotlar foydali yogʻ kislotlariga boy boʻlib, qon-tomirlarda ateroskleroz rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Bundan tashqari, AChChIQ ShOKOLAD (shakar qoʻshilmagan) ham yoshlikni uzaytirish xususiyatiga ega.