Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini koʻramiz.

Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega boʻlish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, soʻz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga koʻtardi”.

Koʻhna zaminimiz odamlari koʻnglida ustuvor boʻlgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bagʻrikenglik, mardlik, tantilik kabi ulugʻ xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib oʻrin olgan. U umuminsoniy gʻoyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo doʻstlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulugʻ gʻoyalarga xizmat qiladi.

Uzoq asrlar davomida bashariyat ming-minglab qoidalar va nizomlardan jamiyat uchun asosiylarini va oʻta muhimlarini tanlab oldi. Aynan ana shutanlabolingan qoidalar Konstitutsiyamiz yaratilishigapoydevor boʻldi. Konstitutsiyadabayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsizyashayolmaydi, negaki insonning har kuni duchkeladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati koʻpinchamamlakat asosiy qonunigakiritilgan qoidalar va moddalargabogʻliqdir.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻz oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qoʻydi.

Bosh qomusimiz muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqlik tantanali ravishda eʼlon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyat anglangan holda, oʻzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof qilingan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini taʼminlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish koʻzlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Shu maqsadlarni koʻzlab qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bugungi kunda mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini taʼminlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati boʻlib kelmoqda.

S.Xursanova,
Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining sudya yordamchisi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan