Davlatimiz rahbarining koʻrsatma va topshiriqlariga asosan aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan ajratilgan 25 dona “Volkswagen Caddy 5” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari shahar va tumanlar tez tibbiy yordam boʻlimlariga topshirildi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam mashinalari kalitlarini hududiy boʻlimlar mutasaddilariga tantanali topshirdi. Shuningdek, tez tibbiy yordam boʻlimlari uchun viloyat hokimligi tomonidan kompyuter jamlanmalari hamda konditsionerlar ham topshirildi.


Maʼlumot uchun, bugungi kunda Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialida 215 ta tez tibbiy yordam mashinalari va 10 ta skuter xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan