13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimiga sud hukmi o‘qildi

2023 yil 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudida Sh. Sh. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan) ga oid jinoyat ishi ni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining sudyasi J. Xojayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq Sh. Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan