Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati koʻrib chiqildi.
Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 sentnerdan oshgan boʻlsa, 9 tasida 30 sentnerdan kamligi koʻrsatib oʻtildi. Hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti.

Shu bois, kelgusi yildan paxta urugʻchiligi boʻyicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi. Kelgusi yili ball boniteti past, suv ogʻir boʻlgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70-80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urugʻini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga, 30 sentnerdan past hosil berayotgan navlarni ekish toʻxtatilib, ular urugʻchilik institutlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi serhosil navlar bilan almashtiriladi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri va viloyat hokimlariga bu boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan