Raqobat qoʻmitasi raisi Sh.Shoraxmetov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Prezident yigʻilishida yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi boʻyicha shikoyatlar koʻpligi Raqobat qoʻmitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan qoʻmita raisi Sh.Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan