2023-yilning oktyabri mazkur oyning meteorologik kuzatuvlari tarixidagi eng issigʻi boʻldi. Oʻtgan oyda oʻrtacha havo harorati Selsiy boʻyicha 15,30 darajani tashkil qildi.

Joriy yilning oktyabr oyidagi koʻrsatkichlar 1991-2020-yillardagi oʻrtacha haroratdan 0,85 darajaga yuqori. Avvalgi rekord 2019-yil oktyabr oyida qayd etilgan edi. Oʻsha koʻrsatkichlar 2023-yilga nisbatan 0,40 darajaga pastroq, deb xabar beradi mir24.tv.

Mutaxassislarning qayd etishicha, joriy yilning yanvaridan oktyabrigacha boʻlgan oʻrtacha harorat 2016-yilning 10 oyidagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 0,10 darajaga yuqori boʻlgan – bu butun kuzatuv davri uchun eng yuqori koʻrsatkichdir, deb xabar berdi Yevropa iqlim oʻzgarishi xizmati – Copernicus.

“Biz toʻliq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 2023-yil tarixdagi eng issiq yil boʻladi va u hozirgi kunda sanoatdan oldingi oʻrtacha koʻrsatkichdan 1,43 darajaga yuqori”, dedi Copernicus bosh direktori oʻrinbosari Samanta Berjess.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan