Pokistonning Lahor shahrini qalin, zaharli tutun qoplab, oʻn minglab odam kasallandi.

Shahardagi zaharli tuman sababli maktablar, bozorlar va istirohat bogʻlari toʻrt kunga yopildi, shahar aholisidan koʻchaga chiqishdan oldin niqob taqish soʻraldi.

Shahar havosidagi zarrachalar konsentratsiyasi 450 ga yaqinlashdi, bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan maksimal kunlik koʻrsatkichdan 30 baravar yuqori, deb xabar beradi korrespondent.net.

Mutaxassislarning fikricha, havo ifloslanishning asosiy sababi kuzgi bugʻdoy ekish mavsumi boshlanishida hosil qoldiqlarining yoqilishidir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan