Koʻk choy eng foydali ichimlik ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Uning sogʻliqqa qanday foydasi bor?

Ozishga yordam beradi

Koʻk choy haqiqatan ham ozishga yordam beradi, uning tarkibidagi antioksidant (epigallokatexina gallat) foydali xususiyatlaridan tashqari organizmadagi yogʻning erishiga yordam beradi. Bundan tashqari kzk choy tarkibiga flavonoidlar, polifenollar, taninlar va katexinlar ham kiradi. Bu moddalar inson organizmida moddalar almashinuvi, uglevodlar almashinuvida qatnashib xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Xotirani mustahkamlaydi

Baʼzi bir tadqiqotlar koʻk choy miya faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini tasdiqladi. Koʻk choy ichgandan keyin inson echimi qiyin boʻlgan misol va masalalarni ham birpasda echib tashylaydi. Koʻk choy Alsgeymer (xotirani yoʻqotish) kasalligi rivojlanishining ham oldini oladi. Koʻy choy tarkibidagi kofein markaziy asab tizimiga taʼsir qilib, insonni tetiklashtiradi. Moddalar taʼsiri qahvaga qaraganda choyda uzoqroq saqlanadi.

Qon bosimini pasaytiradi

Vrachlarning taʼkidlashicha, qon bosimi past boʻlgan odamlar, homilador ayollar kam miqdorda koʻk choy isteʼmol qilishlari lozim. Qon bosimini tushirish uchun dori ichgan bemorlar, doridan keyin koʻk choy ichmay turganlari maʼqul, chunki ikki piyola koʻk choy dorining taʼsirini kuchsizlantirib qoʻyishi mumkin.

Revmatoid artritning ogʻrigʻini kamaytiradi

Koʻk choyning eng muhim komponentlaridan biri boʻlgan — antioksidant epigallokatexin-3-gallat — boʻgʻimlardagi ogʻriqni, shamollashni kamaytirib, suyak toʻqimasidagi va togʻaydagi shikastlarning tezroq tuzalishiga yordam beradi.

Temir moddasining taʼsirini kamaytiradi

Koʻk choydagi antioksidant va shamollashga qarshi xususiyatlar temir moddasi bilan birga inson organizmiga tushadi. Bu ikki moddaning qoʻshiluvi temir elementining foydali xususiyatini yoʻqqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun temir moddasiga boy boʻlgan mahsulotlarni koʻk choy bilan isteʼmol qilmasdan, alohida egan maʼqul.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan