Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

“Xalqimiz yaxshi hayot kechirsin, ogʻiri yengil boʻlsin, deb Surxondaryoga shu yilning oʻzida uchinchi marotaba juda katta niyatlar va aniq rejalar bilan keldim”, – dedi davlat rahbari.

Kecha Prezident Surxondaryodagi 3,3 milliard dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihalari bilan batafsil tanishdi. Jumladan, Boysundagi qariyb 3 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini ishga tushirish hisobiga:

– yiliga 5 milliard kub metr gaz tozalanib, 6 trillion soʻmlik tabiiy gaz va oltingugurt ishlab chiqariladi;
– viloyatga yiliga oʻrtacha 120 million dollarlik eksport tushumi qoʻshiladi;
– geologiya qidiruv ishlari kengaytirilib, yana 100 milliard kub metr gaz zaxiralari ochiladi, 2-3 yilda mamlakatimiz neft boʻyicha toʻliq mustaqillikka erishadi;
– ushbu majmuada hozir 7 ming kishi band. Prezident topshirigʻi bilan majmua atrofida kooperatsiya yoʻlga qoʻyilib, qoʻshni tumanlar aholisi uchun ham kamida 2 mingta yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratiladi.
Bu yerda 85 megavattli stansiya ham barpo qilingan. U nafaqat majmua ehtiyoji uchun, balki butun Boysun aholisiga yetadigan elektr ishlab chiqaradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan