2023-yilning 9 oyida Oʻzbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida YEOII davlatlarining ulushi 25,7 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotiga koʻra, bu koʻrsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,6 foizga oʻsgan va 11,5 mlrd dollarga yetgan.
Bunda:
eksport – 4,1 mlrd dollar;
import – 7,4 mlrd dollar.
Oʻzbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida YEOII davlatlarining ulushi jami eksportda 22,9 foizni, jami importda esa 27,5 foizni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning 2022-yil yanvar-dekabr oylaridagi umumiy tashqi savdo aylanmasida YEOII davlatlarining ulushi 31,4 foiz (15,7 mlrd dollar)ni tashkil etgan (jami eksport – 28,9 foiz, jami import – 33,1 foiz).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan