Denovlik tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

Denov tumani soliq inspeksiyasida “Soliq qonunchiligidagi yangiliklar: Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

100 ga yaqin tadbirkorlar, OAV xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan tadbirda soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar hamda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

“Chag‘aniyon neft oil” korxonasi rahbari Alimamat Samadov misolida barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishayotgan tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari qayd etildi. Xususan QQS solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasi 1 kunda, boshqa soliq turlari bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lovlar 3 kunda qaytarilayotganligi, 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etilishi tushuntirildi.

Ishtirokchilarning QQS bo‘yicha bekor qilingan ayrim imtiyozlar, jismoniy shaxslarning noturar obyektlari uchun hisoblanayotgan mol-mulk solig‘i, elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish, onlayn nazorat kassa texnikalaridan foydalanish hamda “Soliq hamkor” orqali yo‘llanayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan bog‘liq fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbirkorlarning faoliyatlariga doir muammolari o‘rganilib, hal etish choralari belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan