Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilayotgan yigʻilishda meva-sabzavotni qayta ishlash quvvati Angor, Boysun, Uzun, Shoʻrchi, Qiziriq va Termiz tumanlarida 5 foizga ham yetmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Angor, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Oltinsoyda 6 ta saqlash, quritish, saralash va tashish markazini barpo qilish, Termiz tumanida Koreya bilan birga 50 million dollarlik logistika xabini ishga tushirish topshirildi.

Kelgusi yildan Surxondaryo oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishdagi tashish xarajatlarining 50 foizini qoplash tizimi joriy etiladi. Bunda qoʻshni davlatlarga tashish xarajatlari ham qoplab beriladi, eksport tovarlari roʻyxatiga karam, piyoz, qizil lavlagi, loviya, mosh ham kiritiladi. Bu – qoʻshimcha 150 million dollarlik eksport degani.

Ingichka tolali gʻoʻza 15 foizgacha kam suv talab qiladi, tola chiqimi 10 foiz kam va 12-15 kun erta pishadi.

Shu munosabat bilan ingichka tolali paxtani qayta ishlashni 30 foizga yetkazish, ingichka tolali gʻoʻza navlarini yaratishda molekulyar genetika va seleksiya boʻyicha qoʻshma loyiha va zamonaviy laboratoriya tashkil etish, tuproq-iqlim sharoitiga mos ingichka tolali gʻoʻza navlari maydonini 50 ming gektargacha kengaytirishga topshiriq berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan