Xitoy rahbari Si Szinpinning aytishicha, Xitoyning asl maqsadi odamlarga yaxshi yashash imkoniyatini berishdir. Uning San-Fransiskodagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammitidagi nutqi matni Xitoy hukumati saytida chop etildi.

“Xitoy kuchli davlat qurish va xitoycha modernizatsiya orqali millatni yoshartirishdek buyuk maqsadni har tomonlama targʻib qilmoqda. Xitoy tinch taraqqiyot yoʻlidan yuradi. Rivojlanishning asosiy maqsadi Xitoy xalqiga yaxshi hayot kechirish imkonini berishdir” – dedi Si Szinpin.

Xitoy rahbarining soʻzlariga koʻra, uning mamlakati innovatsion rivojlanish strategiyasiga amal qiladi va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasini rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini berishga tayyor.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan