9-noyabr kuni Toshkent shahrida “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boʻlib oʻtdiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida koʻp qirrali hamkorlik istiqbollari va uni yangi bosqichga olib chiqish muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Oʻzbekiston Prezidenti sammitni ochar ekan, ushbu muhim tadbirdagi ishtiroki uchun oliy martabali mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirdi, bu har tomonlama va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga boʻlgan umumiy intilishlarning tasdigʻi ekanini taʼkidladi.
Tashkilot aʼzolarini mushtarak tarix va muqaddas islom dinimiz, boy madaniyat va oʻxshash qadriyatlar chambarchas bogʻlab turishi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari aytganidek, yarim milliard aholi yashaydigan va dunyo energetika resurslarining uchdan bir qismiga ega IHT makoni savdo-iqtisodiy, sanoat, investitsiya va innovatsiyalar, transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.
Keyingi yillarda tashkilot doirasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani, 2021-yilgi Ashxobod sammitida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Jumladan, tashkilot faoliyatini isloh qilish va faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish boʻyicha tizimli ishlab olib borilmoqda. Yaqinda transport vazirlarining Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi, mintaqaviy elektr energiyasi bozori hamda Boku shahrida Toza energiya markazi tashkil etilmoqda. Ekologiya sohasida yuqori darajadagi muloqot platformasi tuzildi, turoperatorlar tarmogʻi yaratildi va Xavfsiz turizmni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Prezidenti aʼzo davlatlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun hali ishga solinmagan katta salohiyat mavjudligini taʼkidladi. Masalan, oʻtgan yili mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo koʻrsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi, bu ularning umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizidir.
Imtiyozli savdo bitimini tuzish boʻyicha koʻp yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. Toʻsiqsiz savdoni shakllantirish yoʻlida hali-hamon koʻplab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda.

IHT doirasidagi hamkorlikka yangi surʼat bagʻishlash maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konseptual hujjatini ishlab chiqishni taklif etdi.
Ushbu muhim hujjatda oʻzaro savdoni ragʻbatlantirish, transport-kommunikatsiyaviy oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirish, sanoat kooperatsiyasini faollashtirish, energetika xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish kabi asosiy yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish lozim.
Davlatimiz rahbari tovar va xizmatlar savdosini yengillashtirish, texnik va notarif toʻsiqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan Savdoni soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni qabul qilishga chaqirdi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu chora-tadbirlar orqali 2035-yilga borib oʻzaro savdo hajmlarini kamida ikki barobar koʻpaytirish mumkin.
Aʼzo davlatlarning aksariyati dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega emasligini qayd etib, Oʻzbekiston Prezidenti transqitʼaviy transport yoʻlaklari salohiyatidan toʻliq foydalanish, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli va Transafgʻon multimodal yoʻli loyihalarini ishga tushirish muhimligini koʻrsatib oʻtdi.

Toshkentda 2-noyabrda boʻlib oʻtgan transport vazirlarining yigʻilishida “Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yoʻlagini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan hujjatga boshqa aʼzolarni ham qoʻshilishga, oʻzaro tarif va yigʻimlarni maqbullashtirishga chaqirdi.
Yuk tashish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish va bunday zamonaviy tizimlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahrida Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusi bildirildi.
Oʻzbekiston rahbari oʻzaro investitsiyalar oqimini koʻpaytirish, ularni himoya qilish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar dasturini ishlab chiqish hamda hududlararo sanoat koʻrgazmasini tashkil etib, uning dastlabki tadbirini 2024-yilda yurtimizda oʻtkazish muhimligini qayd etdi.
Oʻzbekiston tashkilotning Savdo va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini kengaytirish tarafdor ekani ham taʼkidlandi.

Jumladan, tashkilot faoliyatini isloh qilish va faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish boʻyicha tizimli ishlab olib borilmoqda. Yaqinda transport vazirlarining Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi, mintaqaviy elektr energiyasi bozori hamda Boku shahrida Toza energiya markazi tashkil etilmoqda. Ekologiya sohasida yuqori darajadagi muloqot platformasi tuzildi, turoperatorlar tarmogʻi yaratildi va Xavfsiz turizmni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Prezidenti aʼzo davlatlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun hali ishga solinmagan katta salohiyat mavjudligini taʼkidladi. Masalan, oʻtgan yili mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo koʻrsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi, bu ularning umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizidir.
Imtiyozli savdo bitimini tuzish boʻyicha koʻp yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. Toʻsiqsiz savdoni shakllantirish yoʻlida hali-hamon koʻplab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda.
IHT doirasidagi hamkorlikka yangi surʼat bagʻishlash maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konseptual hujjatini ishlab chiqishni taklif etdi.
Ushbu muhim hujjatda oʻzaro savdoni ragʻbatlantirish, transport-kommunikatsiyaviy oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirish, sanoat kooperatsiyasini faollashtirish, energetika xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish kabi asosiy yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish lozim.
Davlatimiz rahbari tovar va xizmatlar savdosini yengillashtirish, texnik va notarif toʻsiqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan Savdoni soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni qabul qilishga chaqirdi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu chora-tadbirlar orqali 2035-yilga borib oʻzaro savdo hajmlarini kamida ikki barobar koʻpaytirish mumkin.
Aʼzo davlatlarning aksariyati dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatiga ega emasligini qayd etib, Oʻzbekiston Prezidenti transqitʼaviy transport yoʻlaklari salohiyatidan toʻliq foydalanish, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli va Transafgʻon multimodal yoʻli loyihalarini ishga tushirish muhimligini koʻrsatib oʻtdi.
Tashkilotga raislik Eronga oʻtdi, navbatdagi sammit Ozarbayjonda oʻtkazilishi belgilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan